23:25 / 22.09.2015
4825

Sug‘urta kompaniyasi avtohalokat uchun tovon puli to‘lashdan bosh tortib yurdi

Temiryo’l Sug’urta kompaniyasi uzoq muddat avtohalokatga uchragan shaxsga tovon puli to‘lab yurishdan bosh tortib yurdi, ammo jabrlanuvchi tegishli joylarga murojaat qilib, o‘z muammolarini hal qilishga erishdi, deb xabar beradi Iste'molchilar huquqini himoya qilish jamiyati axborot va matbuot xizmati.

Xizmat mutaxassisi Feruza Umrzoqovaning tushuntirishicha, kompaniya avtomobil halokati uchun 18 mln so‘m to‘lab berishi kerak bo‘lgan, ammo bu ishni paysalga solib kelgan. Bu bilan u “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 3,21-moddasi talablarini buzgan.

Jabrlanuvchi, Quvadagi Teraksoy qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Oxunjon Shermatov buning yuzasidan qayerga murojaat qilishini bilmay, “Bozor va iste'molchi” gazetasiga maktub yo‘llagan. Maktub gazeta tahririyati tomonidan jamiyatga kiritilgan. Buning natijasida ish ko‘rib chiqilib, tovon puli undirib berilgan.

Top