18:38 / 22.09.2015
3845

The Sekai Nippo gazetasi muharriri O‘zbekiston avtosanoati bilan tanishib chiqdi

O‘zbekistonga Yaponiyaning The Sekai Nippo gazetasi muharriri Susumu Fujixashi tashrif buyurdi. Uning tashrifdan maqsadi O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi va O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligi to‘g‘risida silsila maqolalar tayyorlashdir.

O‘z safari chog‘ida Fujixashi Samarqand avtomobil zavodiga tashrif buyurib, undagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib chiqdi.

“Men bu yerda faqat avtobuslar teriladi deb o‘ylardim, qarasam, o‘z model qatoriga ega butun boshli ishlab chiqarish ekan”, - dedi u.

Kelajakda u O‘zbekistonga yana tashrif buyurib, mahalliy avtosanoat bilan yaqindan tanishish niyati borligini bildirdi.

Top