12:05 / 22.09.2015
3327

Tojikiston islom uyg‘onish partiyasi teraktlar tayyorlashda ayblandi

Tojikistonning rasmiy hokimiyati yaqinda faoliyati man qilingan islom uyg‘onish partiyasini teraktlar tayyorlaganlikda aybladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Mahalliy televideniyeda aytilishicha, partiya binosi tekshirilganida, u yerdan ko‘plab sxemalar va yozuvlar topilgan. Shu asosda ular terrorchilikda ayblanmoqda.
O‘tgan hafta Tojikistonda partiya rahbariyatining 13 nafar vakili qo‘lga olingan edi. Ularning bari isyonchi general Abduhalim Nazarzodaga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Top