19:37 / 22.09.2015
2769

Volkswagen kompaniyasi rahbari “dizel mojarosi” sabab iste'foga chiqmoqda

Volkswagen kompaniyasining bosh ijrochi direktori Martin Vinterkorn 25 sentabrda o‘z o‘rnini Volkswagen prezidenti Mattias Myullerga bo‘shatib beradi. Bu haqda Tagesspiegel nashri xabar bergan.

Kompaniya kuzatuv kengashi prezidiumi 23 sentabr kuni yig‘ilishi aytilmoqda.

Sentyabr boshida prezidium Vinterkorn bilan shartnomani 2018 yilning oxiriga qadar uzaytirishni maslahat bergan edi. Ammo kompaniya so‘nggi kunlarda dunyo bo‘yicha 11 million avtomobiliga tegishli katta muammo bilan to‘qnash kelmoqda.

Gap avtomobillarning havoga chiqaradigan zararli gaz miqdori tekshiruvlarining soxtalashtirilgani natijasida AQSh va qator davlatlarda boshlangan tergov ishlari haqida bormoqda.

Mojarolar oqibatida Volkswagen aksiyalari seshanba kuni Frankfurtdagi savdolarda 18,1 foizga tushib ketgan.

Bundan oldinroq, Volkswagen 11 mln avtomobilga buzuq dasturiy ta'minot o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Top