21:38 / 22.09.2015
3501

Xiaomi yangi Mi4c flagman smartfonini rasman namoyish qildi

Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi Mi4s nomli smartfonini namoyish qildi. Bu haqdagi xabar kompaniyaning rasmiy saytida chop etildi. 

Yangi qurilma avvalroq taqdim qilingan Xiaomi Mi4i modeli kabi plastik korpusga ega. Smartfon 1920x1080 nuqtali 5 dyuymli displey bilan jihozlangan. Smartfon 1,8 GGts takt chastotaga ega 64 bitli Qualcomm Snapdragon 808 chipi negizida ishlaydi.

Qurilmaning asosiy kamerasi 13 Mp li bo‘lib, fazaviy avtofokus bilan ham jihozlandi. Smartfon modifikatsiyasiga qarab, 2 Gb tezkor va 16 Gb flesh-xotira yoki 3 Gb tezkor va 32 Gb flesh-xotira bilan sotilishi mumkin.

Akkumulyator sig‘imi 3800 mA-soatni tashkil qiladi. IQ-porti evaziga
smartfondan uy texnikasini boshqarish pulti sifatida foydalanish mumkin.

Yangi qurilma og‘irligi 132 grammni, o‘lchamlari 138,1x69,6x7,8 mm ni tashkil qiladi. Smartfon ikkita sim-kartada va to‘rtinchi avlod tarmoqlarida ishlay oladi.

Yangi Xiaomi Mi4c’ning narxi modifikatsiyaga bog‘liq holda 200-400 dollar tashkil qilishi mumkin.

Top