00:23 / 23.09.2015
6770

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Erik Kantona o‘z uyini qochqinlar oilasiga berish istagini bildirdi

“Manchester Yunayted” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi, afsonaviy Erik Kantona suriyalik qochqinlar oilasiga o‘z uyini va ularni ikki yillik oziq-ovqat bilan ta'minlash istagini bildirdi.

“Men hozir Marsel rasmiylari bilan bu masalani hal qilmoqdaman. Agar ishlash huquqiga ega bo‘lmagan kimlardir qabul qilinsa, unda ularni oziq-ovqat bilan ham ta'minlash kerak.

Mening buvam va buvim Franko tuzumidan qochishgan va Pireney yarim orolini piyoda kesib o‘tganlar. Bu bizning tariximiz, u men uchun o‘z ahamiyatiga ega”, deb aytmoqda Kantona.

Top