07:06 / 23.09.2015
2536

Angliya futbol uyushmasi Gabriel Paulistaning diskvalifikatsiyasini bekor qildi

Angliya futbol uyushmasi “Arsenal” o‘yinchisi Gabriel Paulistaning APLning 6-turida “Chelsi”ga qarshi uchrashuvda olgan qizil kartochkasini bekor qildi. Uchrashuv 2:0 hisobida “aristokratlar” foydasiga hal bo‘lgandi.

Bu kartochka braziliyalik futbolchining 3ta o‘yinga chetlatilishi bilan xavf solayotgan edi.

“Kanonirlar” ushbu qaror yuzasidan Angliya futbol uyushmasiga da'vo arizasi berishdi va uyushma bu qarorni qondirdi.

Biroq uyushma futbolchining uchrashuvdagi sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakatini alohida ko‘rib chiqadi va bu boradagi ayblov o‘z kuchida qolmoqda.

24 yoshli futbolchi 23 sentabrda Angliya Ligasi kubogida “Tottenxem”ga qarshi to‘p sura oladigan bo‘ldi.

Paulistadan tashqari, Angliya futbol uyushmasi Diyego Kosta, Santi Kasorla, “Chelsi” va  “Arsenal”ga ham ayblov qo‘ymoqda.

Top