10:46 / 23.09.2015
3283

AQSh sudi Happy Birthday to You qo‘shig‘ini mualliflik huquqlaridan “ozod qildi”

Los-Anjyeles sudi Happy Birthday to You qo‘shig‘iga nisbatan mualliflik huquqini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda The Los Angeles Times.

Mazkur qo‘shiqning mualliflik huquqi 1988 yildan buyon Uorner Chappellga tegishli deb hisoblab kelinar edi. U qo‘shiq matniga mualliflik huquqni 15 mln dollar evaziga Birch Tree Group kompaniyasini sotib olganidan so‘ng ega bo‘lgan edi. Biroq Clayton F. Summy Co kompaniyasi ham mazkur qo‘shiq mualliflik huquqi uchun da'vo qilib chiqdi.

 

Sudya Jorj X. King so‘zlariga ko‘ra, mualliflik huquqi muayyan musiqiy aranjirovkalar uchun joriy etilishi mumkin, biroq hamma qo‘shiqlarga ham emas. U musiqa matni haqiqatdan ham da'vogarlarga tegishli emasligini ma'lum qildi. Uning fikricha, 1935 yilda Clayton F. Summy Co kompaniyasiga musiqani faqatgina fortepianoda chalish huquqi taqdim etilgan, musiqaning butunlay o‘zi emas

E'tiborlisi, tug‘ilgan kunlarda qariyb butun dunyoda yangraydigan qo‘shiq va musiqadan rasman foydalanish uchun Warner Music Group kompaniyasiga ma'lum miqdorda mablag‘ to‘lash lozim. Shu paytdagacha da'vogar arizasiga ko‘ra ikki nafar rejissyor 1500 va 3000 dollarni musiqadan foydalangani uchun to‘lashga majbur bo‘lgan. Shuningdek, 1994 yilda rejissyor Stiv Jyeyms Uornerga “Xoop orzulari” hujjatli filmini suratga olishda ushbu qo‘shiqdan foydalangani uchun 5000 dollar to‘lagan.

Top