12:09 / 23.09.2015
2253

AQSh va Janubiy Koreya Seulda KXDR bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilmoqda

Seulda xavfsizlik bo‘yicha ikki kunlik AQSh-Koreya dialogi boshlanma oldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar berdi.

Muzokaralarda Koreya Respublikasi nomidan milliy mudofaa vazirining siyosat bo‘yicha o‘rinbosari Yu Chje Sin, AQSh tomonidan esa mudofaa vazirining Sharqiy Osiyo bo‘yicha maslahatchisi Abraxam Denmark, shuningdek, yadroviy va raketa mudofaasi bo‘yicha maslahatchi Eleyn Bann ishtirok etishmoqda.

Muzokaralarning asosiy mavzusi KXDR tomonidan ballistik raketalar uchirilishi yoki navbatdagi yadroviy sinovlar o‘tkazilishi holatida qanday choralar ko‘rish borasidagi kelishuvlarga erishish bo‘ladi.

Top