17:12 / 23.09.2015
3734

Hojilar Mino vodiysida havo harorati yuqori bo‘lishidan ogohlantirildi

Mino vodiysida havo haroratining keskin isib ketishi Haj safariga borgan ko‘plab ziyoratchilarga noqulayliklar tug‘dirdi.

Mamlakat metereologiya va atrof muhit bosh prezidiumi shu kunlarda vodiyda 45 darajada issiq bo‘lishi kutilayotganidan ogohlantirdi.

Tashkilotning matbuot kotibi Husayn al-Qahtoniy kunning o‘rtasida yayov yo‘l bosmaslikni tavsiya qildi.

“Joriy yilning Haj mavsumi sentabrga to‘g‘ri keldi. Ma'lumki, qirollikning ko‘p viloyatlarida, shu jumladan Makkada ham havo harorati ortib ketadi. Yaqin bir necha yil mobaynida Haj mavsumi shunga yaqin sanalarga to‘g‘ri keladi”, - dedi u ArabNews nashriga bergan intervyusida.

Minodagi shifoxonalardan biriga quyosh urishi natijasida o‘zini yomon his qilgan ziyoratchi yotqizilgan

“Bunday holatlar hali yana kuzatilishi mumkin, ayniqsa keksa ziyoratchilar yaqin soatlarda qiyinchiliklarga uchrashi mumkin. Barcha tibbiy markazlar bunday holatlarda yordam ko‘rsatishga shay bo‘lib turishadi”, - dedi shifoxona xodimlaridan biri.

Top