19:23 / 23.09.2015
3606

Ispaniya TIV: kataloniyaliklar viloyat mustaqilligi e'lon qilinsa, fuqarolikni yo‘qotishadi

Kataloniya avtonom viloyati aholisi viloyat qirollik tarkibidan chiqqan taqdirda, fuqarolikdan mahrum etiladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Garsia-Margalo Marfil ma'lum qildi.

“Qaysi bilan hudud mamlakat tarkibidan chiqar ekan, u davlat tomonidan taqdim etilgan barcha huquqlardan mahrum etiladi”, - dedi Ispaniya TIV rahbari.

U Lotin Amerikasi respublikalari mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng ispan fuqaroligini yo‘qotganini eslab o‘tdi.

Vazir bir tomonlama tartibda mustaqillik da'vo qilish Ispaniya va har qanday davlat konstitutsiyasiga zid ekanini aytib o‘tdi. Agarda Kataloniya qirollik tarkibidan chiqish haqida qaror qilar ekan, bunda hech qanday yuridik kuchga ega bo‘lmasligi, na YeI va na BMT tomonidan tan olinishini ta'kidladi.

Ma'lumot uchun, Kataloniya - Ispaniya shimoli-sharqidagi avtonom viloyat bo‘lib, so‘nggi vaqtlarda mintaqada mustaqillikka erishish kayfiyati kuchayib bormoqda. 27 sentabr kuni avtonom viloyatda muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilib, unda avtonom respublikani mustaqil qilish kayfiyatidagi partiyalarning g‘olib chiqishi taxmin qilinmoqda.

Top