00:57 / 23.09.2015
4041

Kaka MLSning eng katta maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi

AQSh futbol ligasi MLS ligada to‘p suruvchi barcha futbolchilarning maoshlari haqidagi ma'lumotni chop etdi.

AQSh chempionatining eng katta maosh oluvchi o‘yinchisi bo‘lib “Orlando siti” yarimhimoyachisi Kaka hisoblanadi, u joriy yilda 7,17 mln dollar maosh oladi.

Braziliyalik futbolchidan keyin “Toronto” yarimhimoyachisi Sebastyan Jovinko bormoqda, uning maoshi yiliga 7,1 mln dollarni tashkil qiladi.

Bu ro‘yxatdan qolgan futbolchilar quyidagicha o‘rin olganlar:

Stiven Jyerrard («Los-Anjyeles Gelaksi», 6,3 mln), Frenk Lempard («Nyu-York Siti», 6 mln), Maykl Bredli («Toronto», 6 mln), Jovani dos Santos («Los-Anjyeles Gelaksi, 5,75 mln), David Vilya («Nyu-York Siti», 5,6 mln), Jozi Altidor («Toronto», 4,75 mln), Robbi Kin («Los-Anjyeles Gelaksi», 4,5 mln), Andrea Pirlo (2,3 mln) va Dide Drogba (2,2 mln dollar).

Top