08:57 / 23.09.2015
8540

KUN.UZ dayjesti: 22 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 22 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Ish paytida spirtli ichimlik iste'mol qilgan AirBaltic samolyoti ekipaji sardori 10 oylik qamoq jazosiga tortildi>>

Norvegiya sudi ish paytida mast holatda bo‘lgan AirBaltic samolyoti ekipaji sardorini 10 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda Delfi nashri.

Munisa Rizayeva muxlislariga “ko‘rpasiga qarab oyoq uzatish”ni tavsiya qildi>>

Xonanda Munisa Rizayeva internetda yana bir janjalga aralashib qoldi.
O‘tgan hafta uning Instagram’dagi sahifasi bahs-munozaralarga to‘lib-toshdi.

Sun'iy shirin ta'm beruvchilar saraton keltirib chiqarishi rostmi?>>

Ko‘p mahsulotlarda saqlanuvchi, shakar o‘rnini bosuvchi sun'iy shirin ta'm beruvchilar saraton keltirib chiqarishi mumkin, degan tushuncha mavjud. Biroq bu fikr uncha ham to‘g‘ri emas, ya'ni ko‘pchilik mahsulotlar va ichimliklarda saqlanuvchi sun'iy shirin ta'm beruvchilar unchalik xafvli emas.

Hilol Nasimov: Muhammad Yusufni bilmaydigan rejissyor xalqqa nima bera oladi?>>

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissyor Hilol Nasimov xususiy kinostudiyalarda olinayotgan filmlarga o‘z munosabatini bildirib, ularni, har doimgidek, “saviyasizlik”da aybladi hamda namuna tarzida o‘z filmlarini keltirdi, deb yozadi "Darakchi" nashri.

Rim papasi dunyodagi muammolarni Rossiyaning ishtirokisiz hal qilishning iloji yo‘qligini aytdi>>

Rim papasi Frantsisk zamonaviy dunyodagi mavjud muammolarni Rossiyaning ishtirokisiz hal qilib bo‘lmaydi, degan fikrda. U Kubadagi tashrifi davomida shunday fikr bildirgan.

O‘zbekistonlik o‘smir internet-ma'shuqasiga pul topaman deb narkodilerga aylandi>>

Internet tarmog‘i orqali bir qiz bilan tanishib, uning ko‘nglini olishga intilgan o‘smir qarzga botib, uni uzish uchun giyohvand moddalar tarqatish bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ldi.

Rajab Adashev “Abdullajon” filmi suratga olinishidagi sirlarni oshkor etmaslikni ma'qul ko‘rdi>>

O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashev mashhur film s'yomkasida uning ketmoni qanday qilib uchirilganini sir saqlab qolishni ma'qul ko‘rdi. Bu haqda u “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Qozog‘iston bosh muftiysi qurbonlik chog‘ida selfi tushmaslikka chaqirdi>>

Qozog‘iston musulmonlar diniy boshqarmasi raisi, oliy muftiy Yerjon hoji Malg‘ajio‘g‘li Hayit chog‘ida qurbonlikka keltirilayotgan jonivorlar fonida selfi tushish noto‘g‘riligini ta'kidladi.

Bred Pitt rafiqasi Anjyelina Jolining 3 nafar suriyalik yetimni asrab olishiga rozi bo‘lmadi>>

Gollivud aktyori Bred Pitt o‘z rafiqasi, aktrisa va rejissyor Anjyelina Jolining yana 4 nafar yetim bolani asrab olish bo‘yicha bildirgan taklifiga rozilik bildirmagan. RadarOnline nashrida yozilishicha, Joli 4 nafar suriyalik bolani o‘g‘il qilib olmoqchi edi, lekin turmush o‘rtog‘i ulardan faqat birini qabul qilishga rozi bo‘lgan.

Aleks Fergyuson: "MYu"dagi 26 yillik faoliyatim davomida atigi 4 nafar yuqori toifali futbolchi bilan ishlaganman>>

"Manchester Yunayted" klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson mankunianliklar boshqaruvi davrida qo‘l ostida to‘p surgan futbolchilardan faqat 4 nafarini dunyo darajasidagi futbolchi deb tan olishini bildirdi.

OAV: 2015 yilda selfiga suratga tushish vaqtida halok bo‘lganlar soni akulalar hujumidan vafot etganlardan ortib ketdi>>

22 sentabr kuni Mashable portali 2015 yilda selfiga suratga tushish vaqtida halok bo‘lganlar soni akulalar hujumidan vafot etganlardan ortib ketganini xabar qildi. Birgina ingliz nashrlarining o‘zida selfi tushishga urinishda olamdan ko‘z yumganlar haqidagi xabarlar soni ochiq dengizda akular hamlasidan vafot etganlardan ko‘proq e'lon qilingan.

Jurnalist “Ishani” tufayli o‘zini osib o‘ldirgan bolani “Ko‘rinmas urush qurboni” deb hisobladi>>

“Oila davrasida” gazetasida chop etilgan “Ko‘rinmas urush qurboni” nomli maqolada o‘zbekistonlik blogerlar va jurnalistlarni tashvishga solayotgan asosiy muammo – Hindistonning “Senga oshiqman” serialiga yana bir bor tanqid toshlari yog‘dirildi. Bu safar jurnalist globalroq fikrlashga tirishib, ushbu serial bilan bog‘liq bir fojia qurbonining o‘limida “mafkuraviy urush” izlarini qidirib ko‘rdi.

BAAda hamkasbining qo‘lidan o‘pgan xorijlikka qamoq jazosi belgilandi>>

Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) yashovchi fuqaro hamkasbining qo‘lidan o‘pgani uchun uch oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda GulfNews nashri bergan ma'lumotlarga tayanib TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.

Xitoylik muhandis dunyodagi eng yaxshi lavozim egasi sifatida tan olindi>>

“Yaxshi yigit, yomon emas” – muhandis Chade-Men Tan Google’da aynan mana shunday lavozimdadir. The Daily Mirror nashrining yozishicha, bu internet foydalanuvchilari tomonidan dunyodagi eng yaxshi lavozim deb topilgan.

Top