09:02 / 23.09.2015
3401

Oq Uy Rossiyaning IShIDga qarshi kurashga kirishidan manfaatdor

AQSh hukumati Rossiyaning IShIDga qarshi kurash jarayoniga qo‘shilish borasidagi “ishoralari”ni to‘g‘ri tushunadi hamda bundan manfaatdordir. Bu haqda prezident Barak Obamaning matbuot kotibi Josh Ernest bayonot berdi.

“Rossiyaning Suriyadagi maqsadlari haqida aniq gapirish qiyin, ammo biz ilgarigiday Rossiyaning IShIDga qarshi kurash jarayoniga qo‘shilish borasidagi ishoralarini to‘g‘ri tushunmoqdamiz hamda bundan manfaatdormiz. Ular ushbu maqsadga sodiq ekanliklarini aytmoqda, va biz bu so‘zlarga muvofiq harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Shuningdek, Ernest AQSh Rossiyaning Suriyadagi xatti-harakatlari mobaynida IShID guruhini yo‘q qilishga muhim hissa qo‘sha olishidan amin bo‘lishi lozimligini ta'kidladi.

Top