16:53 / 23.09.2015
17403

Putin Moskva jome masjidining ochilishida Qur'ondan iqtibos keltirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva jome masjidining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida Qur'ondan iqtibos keltirdi.

“Ishonchim komilki, Jome masjidi nafaqat musulmonlarni, balki boshqa din vakillarini ham umumiy xayriya ishlari yo‘lida birlashtira oladi. Qur'onda aytilganidek, “Yaxshiliklarga shoshiling” (“Baqara” surasi, 148-oyat) ”, - dedi u.
Uning fikricha, masjid “yagona, ko‘pmillatli va ko‘p dinli Rossiyaning poytaxtiga munosib yangi, zamonaviy, ajoyib ko‘rinishga ega bo‘ldi”.

Putin islom Rossiyaning an'anaviy dinlaridan biri sifatida tan olinganini eslatib o‘tdi.

Moskvadagi Markaziy masjidning yangi binosidan fotolavhalar >>

Top