Madridning “Real” klubi rahbariyati “Yuventus” jamoasi hujumchisi Alvaro Moratani Ispaniya poytaxtiga qaytarmoqchi.
La Sexta nashrining ma'lumotiga ko‘ra, Madrid klubi 22 yoshli ispaniyalik futbolchini 35 million yevroga jamoaga qaytarish huquqidan foydalanmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” bir yil oldin Moratani “Real”dan 20 million yevroga sotib olgandi.
Morata esa Turinda o‘zini juda yaxshi tomonlama ko‘rsatmoqda va yangi mavsumda YeChL doirasida "Manchester Siti" darvozasiga o‘ta muhim golni urdi.