00:16 / 23.09.2015
3547

Slovakiya bosh vaziri: “Toki men lavozimimda bo‘lar ekanman, mamlakat kvota bo‘yicha muhojirlarni qabul qilmaydi”

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso uning mamlakati Yevropa Ittifoqining boshpana izlayotgan qochqinlarni davlatlar o‘rtasidagi kvotalar bo‘yicha taqsimlanishi bo‘yicha rejasini amalga oshirishdan bosh tortishini ma'lum qildi.

“Toki men lavozimimda bo‘lar ekanman, Slovakiya hududida majburiy kvotalar bo‘yicha muhojirlar qabul qilinmaydi”, deb aytdi Fitso.

Avvalroq YeI davlatlari ichki ishlar vazirlari YeIga kiruvchi davlatlar o‘rtasida qochqinlarni taqsimlash bo‘yicha qaror qabul qilgandilar.

Top