17:27 / 23.09.2015
2984

Xorazmlik 3 tijoratchi jazo muddatida soxta direktorlar nomidan firmalarini boshqarib, 200 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborishdi

Xorazmlik 3 tijoratchi jazo muddatida soxta direktorlar nomidan firmalarini boshqarib, 500 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborishdi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.

Aytilishicha, Sh. Xudoyberganov, X. O‘razmetov, A. Saparboyevlar 2012 yilda moliyaviy qonunbuzarliklari uchun javobgarlikka tortilib, rahbarlik lavozimlarini egallashdan chetlashtirilgan edi.

Shunga qaramay, ular firmalariga soxta direktorlar tayinlab, amalda o‘zlari barcha ishlarni yuritishda davom etganlar. Shu tariqa jinoiy guruh a'zolari o‘zlariga tegishli “Gurlan universal savdo kompleksi”da 2012 yilda 153ta, 2013 yilda 176ta, 2014 yilda 318ta turg‘un savdo shoxobchalarini ijaraga berishgan. Ulardan olingan 377 mln so‘mdan ortiq ijara haqlari kirim qilinmagan. Buning natijasida 195 mln so‘mdan ortiq soliq to‘lovalri amalga oshirilmagan.

DSI tekshiruvi chog‘ida bu huquqbuzarliklar fosh qilinib, ularga qaytadan, bu safar og‘irroq jazo tayinlandi.

Top