09:43 / 24.09.2015
3074

Boeing Xitoydan 300ta avialaynerga buyurtma oldi

Boeing korporatsiyasi Xitoydan 300 avialaynerga buyurtma oldi. Bloomberg agentligining ma'lum qilishicha, shartnomaning umumiy hajmi 38 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Buyurtma Xitoyning lizing kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan. Bu XXR raisi Si Tszinpin AQShda ekanligida amalga oshirilgan birinchi shartnomalardan biri bo‘ldi.

Kelishuvga binoan, kompaniya Xitoy avialiniyalari uchun 240 samolyot, ICBC va CDB Leasing kompaniyalari uchun 60 samolyot yetkazib beradi.

Top