23:15 / 24.09.2015
3590

Chechenistonning barcha muassasalarida Qurbon hayit munosib ravishda kutib olindi

Chechenistonning barcha muassasalarida Qurbon hayit munosabati bilan qurbonliklar qilindi, deb aytilmoqda Checheniston hukumati rasmiy saytida.

Ushbu xabarga ko‘ra, qurbonlik amallari “respublikaning barcha muassasalari, vazirliklari, boshqarmalari, shahar va qishloqlar ma'muriyatlarida” amalga oshirildi.   

“Xayrli ishlarning amalga oshirilishi insonlarni yaqinlashtiradi. Iyd al-Adh bayrami ezgulik va adolat timsolidir. Bizning imonimizni mustahkamlaydi, insonlar qalbiga quvonch va umid soladi, bir-birimizga yordam berish yo‘lida bizni birlashtiradi. Ayni paytda Rossiyadan o‘n minglab ziyoratchilar bu bayramni barcha musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Makkada nishonlashmoqda. Alloh ularning hajlari va barcha ezgu amallarini qabul qilsin”, deb mamlakat aholisini tabrikladi Ramzon Qodirov.        

Bayramni nishonlash uchun 32 mingdan ko‘proq qo‘y sotib olindi hamda “muhtoj oilalar” hamda internat va shifoxonalarga tarqatildi.

Top