19:18 / 24.09.2015
18403

Haj ziyorati paytida tiqilinchda jabrlanganlar soni 863 gacha yetdi

Haj ziyorati paytida Makka atrofidagi Mino vodiysida sodir bo‘lgan tiqilinchda jabrlanganlar soni 863 gacha yetdi, deb xabar bermoqda Saudiya Arabistoni fuqarolik mudofaasi boshqarmasi. 717 nafar kishi halok bo‘lgan.

Tiqilinchda qolganlarni qutqarish bo‘yicha operatsiya hamon davom etmoqda. Avvalroq yaqin atrofda joylashgan to‘rtta shifoxona shifokorlari o‘sib borayotgan jabrlanganlar oqimini eplay olmayotganlari sababli hukumat shifoxonadagi joylarni uncha katta jarohat olmaganlarni vertolyotlarda boshqa shifoxonalarga yetkazish bilan bo‘shatayotganini ma'lum qilgandilar.

Mino vodiysidagi fojia 24 sentabrda ertalabki payt hajning asosiy amallaridan biri – “shaytonni toshbo‘ron qilish” paytida yuz berdi. Noma'lum sabablarga ko‘ra, ziyoratchilar ikkita ko‘cha bo‘ylab Jamarot – Shaytonga tosh otiladigan joyga ketayotganlarida ko‘chalar tutashadigan joyda ular orasida tirbandlik yuz bergan.

Top