Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 23 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.
Suriyada o‘zbekistonlik kamikadze terakt sodir etdi>>
Tolibon va al-Qoida guruhlari bilan hamkorlik qilgan asli o‘zbekistonlik jangari 18 sentabr kuni Suriyaning Fua qishlog‘ida o‘zini yuk mashinasiga qo‘shib havoga uchirdi
O‘zbekiston aholisining 94 foizi islomga e'tiqod qiladi>>
Bugungi kunda O‘zbekiston aholisi 31 mln dan ortiq bo‘lib, 130dan ortiq millat va elat vakillaridan iboratdir
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ommaviy zo‘ravonlik ehtimoli eng past mamlakat>>
Amerikaning Vashingtondagi Xolokost yodgorlik muzeyi mutaxassislari O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida tinch aholi tomonidan ommaviy zo‘ravonlik sodir etilishi ehtimoli eng past darajaga ega mamlakat sifatida qayd etildi
Qirg‘izistonda tungi payt yana bir zilzila bo‘lib o‘tdi>>
22 sentabrda Toshkent vaqti bilan soat 22:43 da Qirg‘izistonda 4,7 balli magnitudaga ega zilzila bo‘lib o‘tdi. 22 sentabrga o‘tar kechasi ham mamlakatda bir nechta zilzila qayd etilgan edi
Putin Moskva jome masjidining ochilishida Qur'ondan iqtibos keltirdi>>
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva jome masjidining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida Qur'ondan iqtibos keltirdi
Moskvadagi Markaziy masjidning yangi binosidan fotolavhalar>>
Avval xabar qilganimizdek, 23 sentabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Markaziy masjid yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning 70-sessiyasida ishtirok etadi>>
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2015 yilning 24-27 sentabr kunlari BMT Bosh Assambleyasi 70-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadigan Barqaror rivojlanish bo‘yicha BMT sammitida ishtirok etadi
Janubiy Koreya banki “Asaka”ga 160 mln dollar kredit beradi>>
Koreya Respublikasining eksport-import banki (Eksimbank) "Asaka" ATBga (aksionerlik tijorat banki) 160 mln dollar miqdorida kredit taqdim etadi
Erdo‘g‘an: muhojirlar bilan bog‘liq vaziyat uchun butun insoniyat uyalishi kerak>>
Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda uning oqibatida yuz minglab odamlarning Yevropaga qochishi uchun butun insoniyat uyalmog‘i lozim
Putin: IShID mafkurasi yolg‘onga va islomni buzib ko‘rsatishga qurilgan>>
IShID guruhi terrorchilari islomni buzib ko‘rsatib, o‘z mafkuralarini yolg‘on ustiga qurmoqda, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin
Kerri: Rossiyaning Asadni qo‘llab-quvvatlashi mintaqadagi tinchlikka rahna solishi mumkin>>
Rossiya tomonidan Suriya prezidenti Bashar Asadning qo‘llab-quvvatlanishi mintaqadagi tinchlikka xavf solmoqda
Sergey Lushchan "Bunyodkor" jamoasi murabbiyligidan iste'foga chiqdi>>
20 sentabr kuni Oliy Liganing 22-turi doirasida Farg‘ona shahrida o‘tgan “Neftchi”ga qarshi mag‘lubiyatli uchrashuvdan so‘ng (0:2) “Bunyodkor” FK bosh murabbiyi Sergey Lushchan iste'fo berdi
Misr Fransiya bilan vertolyotlarni tashuvchi «Mistral»ni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi>>
Fransiya prezidenti Fransua Olland Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan vertolyotlarni tashishga mo‘ljallangan ikkita «Mistral» rusumli harbiy kemalarni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Sankt-Peterburgda Romanovlar oilasi a'zolari qoldiqlari eksgumatsiyasi yakunlandi>>
Rossiya Tergov qo‘mitasi vakillari Sankt-Peterburgning Petropavlovsk qo‘rg‘onida dafn qilingan Rossiyaning so‘nggi shohi oilasi a'zolari qoldiqlarini tobutlardan olish ishlarini yakunladilar