16:05 / 24.09.2015
4715

Makkaga ayol kiyimida kirishga harakat qilgan qoidabuzarlar qo‘lga olindi

Makka politsiyasining Haj kuchlari qo‘mondoni general-mayor Abulaziz bin Usmon al-Suliy nazorat-o‘tkazish punktlarida Makka va Mashariga ayollar libosida kirishga harakat qilgan qoidabuzarlar qo‘lga olinganini xabar qildi.
Mahalliy matbuotda yozilishicha, 123 950 kishi tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagani uchun ortga qaytarib yuborilgan edi. Ular 36 ming mashinada bu hududga tashrif buyurib, turli yo‘llar bilan ziyorat zonasiga kirishga harakat qilgan. 200 kishi qoidabuzarliklar uchun qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, soxta ruxsatnomalar berish bilan shug‘ullanib kelgan 5 Haj ofisining faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Top