14:18 / 24.09.2015
5390

Mino vodiysidagi tiqilinchda 200 kishi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonining Mino vodiysida sodir bo‘lgan tiqilinchda kamida 200 kishi halok bo‘ldi, 390 kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat fuqarolik mudofaasi xizmati xabar berdi.
Tarqatilgan bayonotga ko‘ra, yuz minglab odamlar Hayit namozini ado etish uchun Mino vodiysiga to‘plangan. Bunday ko‘p miqdordagi odamlarning bir joyda to‘planishi natijasida tiqilinch yuzaga kelgan.
Halok bo‘lgan ziyoratchilar qaysi davlatlar fuqarolari ekanligi haqida ma'lumot berilmagan.

Top