17:06 / 24.09.2015
5864

Mino vodiysidagi tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 453 nafarga yetdi

Saudiya Arabistonining Makka shahri yaqinidagi Mino vodiysida yuzaga kelgan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 453 nafardan oshdi, jarohatlanganlar esa 719 nafarga yetdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni fuqaro muhofazasi boshqarmasi o‘zining Twitter`dagi rasmiy mikroblogida xabar qildi.
Ziyoratchilarga dastlab shaytonga tosh otish amalini bajarish uchun maxsus jadval taqdim etilgan. Biroq, guvohlarning aytishicha, afrikalik ziyoratchilar o‘z navbatiga rioya qilmagan. Natijada tiqilinch vujudga kelgan.

Top