11:21 / 24.09.2015
2497

O‘zbek olimlari azot kislotali kumush eritmasini olishning yangi usulini kashf qilishdi

Toshkent Kimyo texnologiyalari instituti olimlari mashinasozlik sohasida qo‘llaniladigan azot kislotali kumush eritmasini olishning yangi usulini kashf qilishdi.

O‘zbekston Intellektual mulk agentligining xabar berishicha, usul atrof muhitning changlanganligi va iflosligi yuqori bo‘lgan sharoitda mashina va mexanizmlar ishchi organlarining ishqalanadigan uzellarida o‘rnatiladigan sirg‘alish podshipniklarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan.

Ixtironing vazifasi ko‘mir-grafit to‘ldirgichlar (qurum, grafit) va temir yoki misning metall kukunlari bilan to‘ldirilgan poliolefinlar asosidagi modifikatsiyalangan polimer kompozitsiyadan foydalanish hisobiga antifriktsion yog‘och-polimer kompozitsion material tarkibini arzonlashtirish, shuningdek uning fizik-mexanik va antifriktsion xususiyatlarini, umrini va chidamliligini oshirishdan iborat.

Hammualiflar - R.Allabergenov, X.T.Sharipov, S.V.Mixaylov, Ye.E.Boloskaya va D.I.Xojiyevaga ushbu ixtiro uchun № IAP 05069 raqamli patent berildi.

Top