09:06 / 24.09.2015
5756

O‘zbekiston terrorchilikka qarshi kurash tayyorgarliklarini kuchaytirmoqda

O‘zbekiston rahbariyati terrorchilikka qarshi kurash chora-tadbirlarini kuchaytirmoqda. Jumladan, 4 sentabr kuni militsiya Toshkentda terrorchilarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quvlar o‘tkazgani xabar qilindi.

Shu kunning o‘zida Namangan viloyatida chegarachilar Qirg‘iziston hududidan ekstremistik materiallar olib kirishga harakat qilgan shaxsni qo‘lga olishdi.

“Toshkentliklar terrorchilik aktlari nima ekanligini yaxshi biladi, - dedi IIV vakili Samvel Petrosyan. – Ektremistlar bombalari 1999 va 2004 yillarda shahrimizni larzaga solgan edi”.

“Terrorchilar yangidan yangi usullar o‘ylab topmoqda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar esa ulardan bir qadam oldinda yurishi lozim”, - qo‘shimcha qildi u.

Ushbu mashg‘ulotlarda, ta'kidlanishicha, IIV tez ta'sir guruhi, oddiy militsiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar va paramediklar ishtirok etgan.

Top