23:26 / 24.09.2015
3117

Porsche bosh direktori Volkswagen’ning yangi rahbari etib tayinlandi

Porsche kompaniyasining bosh direktori Mattias Myuller Volkswagen’ning yangi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda The Independent nashri ma'lum qildi.

Myuller nomzodi Volkswagen kuzatuv kengashining yig‘ilishida tasdiqlandi.

Kuni-kecha Volkswagen rahbari Martin Vinterkorn kompaniyaning dizel avtomobillari tashqariga chiqaradigan ishlangan gazlar bilan bog‘liq mojaro avj olgandan keyin iste'foga ketgandi.

Bir qator manbalarning ta'kidlashicha, Volkswagen AG avtokonserni Audi va Porsche’ning bir necha nafar top-menejyerlari hamda AQShdagi bo‘linmasining rahbarini ishdan bo‘shatmoqchi.  

Top