21:07 / 24.09.2015
5060

Rossiya TIV: AQSh “IShID”ning BMT Xavfsizlik kengashi sanktsion ro‘yxatiga kiritilishiga to‘sqinlik qilmoqda

AQSh vakillari Rossiyaning “IShID” terrorchilik guruhining BMT Xavfsizlik kengashi sanktsion ro‘yxatiga alohida tuzilma sifatida kiritilishi taklifiga to‘sqinlik qilmoqda, deb aytdi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining yangi chaqiruv va xavflar masalalari bo‘yicha departamenti direktori Ilya Rogachev. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Hech kimga sirmas, “IShID” ma'lum darajada “Al-Qoida”ning raqibi bo‘lib chiqayotgan mustaqil tuzilmadir. Shu bilan birga BMT Xavfsizlik kengashining aksilterrorchilik sanktsion ro‘yxatida u “Iroqdagi Al-Qoida” degan nom bilan yuritiladi. Biz “IShID”ning BMT sanktsion ro‘yxatiga alohida tuzilma sifatida kiritilishini taklif qilgan edik. Biroq bizning takliflarga Xavfsizlik kengashining g‘arbiy a'zolari, avvalambor AQSh tomonidan turli bahonalar bilan to‘sqinlik qilinmoqda”, deb aytdi Rogachev.

Rogachevning aytishicha, AQSh vakillari “IShID”ni “Iroqdagi Al-Qoida” deb hisoblamoqdalar va “Iroqdagi Al-Qoida” boshqa yo‘qligini aytmoqdalar, biroq Rossiya “boshqacha fikrga” ega.

Top