00:51 / 24.09.2015
3550

Rossiyaning Saratov viloyatiga noqonuniy o‘tgan 18 nafar o‘zbekistonlik ushlandi

Rossiya Federal migratsiya xizmatining Saratov viloyati boshqarmasi xodimlari Rossiyaga noqonuniy ravishda kirgan 18 chet ellik fuqaroni olib ketayotgan avtobusni ushlashdi. “Setra” rusumidagi avtobus Sizran-Saratov trassasida to‘xtatilgan. Avtobus ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Qoidabuzarlarga nisbatan bayonnomalar tuzildi va 36 ming rubl jarima solindi. Hujjatlar tekshirilganda 8 nafar o‘zbekistonlik hisobga olish muddati tugagandan keyin ham Rossiyadan chiqib ketmagani aniqlandi. Ulardan har biri 2 ming rubldan jarima to‘lagandan keyin Rossiyadan chiqarib yuboriladi.

Migratsiya xizmati xodimlari noqonuniy muhojirlarga transport taqdim qilgan avtobus haydochisini ham jarimaga tortildilar. Tekshiruv natijasiga ko‘ra hammasi bo‘lib 68 ming rubllik ma'muriy jarimalar solingan.

Top