17:20 / 24.09.2015
2990

Saudiya politsiyasi ziyoratchilarga soyabonlar tarqatdi

Saudiya Arabistonidagi "Sabq" kundalik nashri 22 sentabrda kuzatilgan 45 darajali issiqda Saudiya politsiyasi tomonidan Makka shahrida ziyoratchilarga ularni quyosh nurlaridan himoyalovchi soyabonlarni tarqatgani tasvirlangan suratlarni e'lon qildi.
"Sabq" chop etgan fotosuratda politsiya vakili avtomobilidan tushib, an'anaviy Haj libosida ketayotgan nigeriyalik ziyoratchiga soyabon berayotgani o‘z aksini topgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 sentabr kuni Saudiya Arabistoni metereologiya va atrof-muhit bosh prezidiumi Mino vodiysida havo harorati shu kunlarda 45 darajada issiq bo‘lishi kutilayotganidan ogohlantirdi.

Top