11:36 / 24.09.2015
3575

Tojikistonda jodugarlarni 7 yilga qamash taklif qilindi

Tojikiston hukumati jinoiy kodeksga kiritishni taklif qilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar folbinlik va sehr-jodu bilan shug‘ullanuvchilarga nisbatan ko‘riladigan choralarning qattiqlashuviga olib keldi. Bu haqda mamlakat prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Ilgari bunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar jarimaga tortilardi. Endilikda folbinlar, agar o‘zgartish va qo‘shimchalar tasdiqlansa, 7 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin bo‘ladi.

2008 yilgi o‘zgartishga ko‘ra, jarima miqdori 200 dollar qilib belgilangan edi. Shundan keyin ham o‘z faoliyatini to‘xtatmagan folbinlar keyingi safar bu jarimaning ikki barobari miqdorida pul to‘lashga majbur bo‘lar edi.

Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlarining ma'lumotlariga qaraganda, mamlakatda 5 ming folbin va sehrgarlar bor. Ularning faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida deyarli 10 yildan buyon reydlar o‘tkazib kelinmoqda.

Top