20:37 / 24.09.2015
2367

Volkswagen rahbarining o‘rniga Porsche yoki BMW top-menejyerlari kelishi mumkin

Iste'foga ketgan Volkswagen avtokonserni rahbari Martin Vinterkornning o‘rnini Porsche rahbari Mattias Myuller yoki hozirda Volkswagen’ning yengil avtomobillar bo‘limiga rahbarlik qiluvchi, BMW’ning sobiq top-menejyeri Gerbert Diss kelishi mumkin, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, Myullerning nomzodini Volkswagen’ning 51 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi Porshe oilasi qo‘llab-quvvatlamoqda.

Vinterkorn kompaniyaning dizel avtomobillari bilan bog‘liq mojaro tufayli iste'foga ketishga qaror qilgan edi.

Top