19:35 / 24.09.2015
3416

Xorazmda elektr ta'minoti xodimi fuqarolarga qariyb 30 mln so‘m qarz yuklab qo‘ydi

“Shimolgazta'minot” unitar korxonasi “Qo‘shko‘pirtumangaz” filiali nazoratchisi Boybek Nasimov fuqarolar hisobiga soxta qarz yozib, ulardan pul undirishga harakat qilganlikda ayblandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
95 nafar fuqaroga 27 mln so‘mdan ortiq qarz yuklab qo‘yib, ulardan bu qarzni yopishni talab qilgan. Buning natijasida ko‘pgina 300 mingdan 600 ming so‘mgacha bo‘lgan pullarni olib, kassadan o‘tkazmay, o‘zlashtirib yuborgan.
Uning bu harakatlari fosh etilib, jinoyatchi sudga tortildi.

Top