16:58 / 25.09.2015
2483

“Lukoyl” O‘zbekistondagi investitsiyalarini kamaytirishni rejalashtirmayapti

Rossiyaning “Lukoyl” neft-gaz kompaniyasi O‘zbekistondagi investitsion dasturga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirmayapti. Bu haqda kompaniya prezidenti o‘rinbosari Anatoliy Moskalenko aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda O‘zbekiston neft-gaz sohasining rivojlanishiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
“O‘zbekiston bo‘yicha rejalarimiz o‘zgargani yo‘q, - dedi u konferensiyadagi chiqishida.–

2020 yil oxiriga qadar rejalashtirilgan dasturlar amalga oshiriladi. Kompaniya O‘zbekistondagi loyihalarga 1.5 mlrd dollar kiritmoqchi, bu son bozor sharoitiga qarab yana o‘sishi mumkin”.

Top