23:53 / 25.09.2015
5340

BMTga a'zo davlatlar 15 yil ichida ochlik va nochorlikni tugatmoqchilar

BMTga a'zo davlatlar keyingi 15 yilga mo‘ljallangan global rivojlanish sohasidagi rejani tasdiqladilar. Ular bu rejada ochlik va nochorlikni batamom tugatishga va'da bermoqdalar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bundan tashqari, davlatlar hammabop ta'lim va ijtimoiy tenghuquqlikni ta'minlashni rejalashtirishmoqda.

Hammasi bo‘lib rejada barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadi belgilab qo‘yilgan. Reja 150 dan ortiq davlat va hukumatlar ishtirokidagi sammitda bir ovozdan qabul qilindi.

Top