08:29 / 25.09.2015
2483

Chexiya prezidenti: “Agar qochqinlar bizning qoidalarimizni hurmat qilishni istashmasa, unda ortlariga qaytsinlar”

Chexiya prezidenti Milosh Zeman qochqinlar mamlakatdagi qoidalarni hurmat qilishlari kerakligini, aks holda yaxshisi uylariga qaytishlari lozimligini aytdi. Bu haqda Hospodarske noviny gazetasi saytida ma'lum qilindi.  

Zeman bu haqda mamlakatning shimoli-sharqidagi Vishni Lgoti qishlog‘iga tashrifi paytida aytdi.

Zeman mahalliy aholi bilan uchrashuvi paytida qochqinlar borasida keskin fikr bildirib, “Sizlarni bu yerga hech kim chaqirmadi. Bu yerga keldingizmi, unda biz sizning davlatingizda bo‘lganda amal qilganimizdek bizning qoidalarga amal qiling. Agar ushbu talabimiz yoqmayotgan bo‘lsa, unda ortingizga yuguring!”, deb aytdi. Uning bu so‘zlari aholining qarsaklari bilan qarshilandi.

Chexiya prezidenti qochqinlar lageriga tashrif buyurishdan bosh tortdi. “Men xorijliklarni ko‘rgani bormayman, ularni Prajskiy Gradga (prezident qarorgohi) rasmiy qabulga chaqiraman”, deb aytdi Zeman.   

Zeman matbuot kotibi Irji Ovchachekning aytishicha, prezident lagerga borishdan voz kechishiga sabab, uni “avvalambor chex fuqarolarining bu vaziyatga fikrlari qiziqtiradi”.

Chexiya qochqinlarni taqsimlash rejasiga qarshi chiqqan Yevropa Ittifoqining 4 ta davlatidan biri bo‘ldi. Biroq ushbu reja YeI TIV rahbarlarining uchrashuvida ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi.

Top