17:00 / 25.09.2015
2139

Kambodja ShHTning muloqot bo‘yicha sherigi maqomini oldi

2015 yilning 24 sentabr kuni Tsian shahrida (Xitoy) ShHT Bosh kotibi Dmitriy Mezentsev va Kambodja Qirolligi Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik Vaziri Hor Namhong Kambodja Qirolligiga Shanxay hamkorlik tashkilotining muloqot bo‘yicha sherigi maqomini berish to‘g‘risidagi Memorandumni imzolashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda keltirilishicha, Kambodja Qirolligiga muloqot bo‘yicha sherik maqomini berish to‘g‘risidagi qaror 2015 yilning 10 iyul kuni Ufa shahrida ShHTga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlariga ko‘ra qabul qilinib, tashkilot Bosh kotibiga muzokaralar olib borish va tegishli Memorandumni imzolash vazifasi yuklatilgan edi.

Top