12:30 / 25.09.2015
5964

OAV hojatxonaga aylantirilgan “Gagarin” kinoteatrini biror-bir “foydali” muassasaga aylantirishni talab qildi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan sobiq “Chayka” kinoteatri binosining hojatxonaga aylantirilgani ayrim jurnalistlar va faollarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

“Ishonishni xohlar edikki, ushbu masalada harakatsizligi va mas'uliyatsizligini ko‘rsatgan shahar hokimiyati bunday tushunmovchilikni bartaraf qilish choralarini ko‘radi.

Ishonchim komil, bo‘m-bo‘sh binoni biror-bir foydali yoki zarur narsaga aylantira oladigan o‘nlab tadbirkorlar topiladi”, - deyiladi “Novosti Uzbekistana” nashrida e'lon qilingan maqolada.

Top