12:16 / 25.09.2015
3429

Olma-Ota MDHning eng yaxshi moliyaviy markazi deb tan olindi

Olma-Ota shahri MDHning eng yaxshi moliyaviy markazi deb tan olindi. Bu Britaniya konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Reyting tuzishda shaharlarning obro‘i, infrastrukturasi, biznes iqlimi va tadbirkorlik sektorining rivojlanganlik darajasi inobatga olindi. Natijada xalqaro moliyaviy markazlar indeksi boshiga London qo‘yildi. U o‘tgan yil yetakchisi Nyu-Yorkni ikkinchi o‘ringa tushirib qo‘ydi. Kuchli beshlikka, shuningdek, Gongkong, Singapur va Tokio shaharlari kirdi.

Olma-Ota 51-pog‘onani egalladi. Bu MDH uchun birinchi darajali natijadir. MDHning undan keyingi shaharlari Moskva 78, Sankt-Peterburg 81-o‘rinlarga munosib ko‘rildi.

Top