10:44 / 25.09.2015
4073

Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida 84 mln tengelik kontrabanda mahsuloti olib ketayotgan yuk mashinasi ushlandi

Qozog‘istonlik chegarachilar tomonidan Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasining “Oazis” chegara punkti hududida Qozog‘iston davlat chegarasi chizig‘idan 4 km uzoqlikda O‘zbekistondan kelayotgan “KamAZ-5320” rusumidagi yuk mashinasi to‘xtatib qolindi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston chegara xizmati matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda Zakon.kz nashri.

“Yuk mashinasi tekshirilganda unda artemiya qisqichbaqalari lichinkalari solingan, umumiy og‘irligi 21 tonna bo‘lgan 600 ta qop aniqlandi. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, yukning narxi 84 mln tengeni tashkil qiladi. Yuk mashinasining 55 yoshli haydovchisi nafaqat yuk uchun hujjatlarni, balki o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim qila olmadi”, deyilmoqda xabarda.

Ushbu holat haqida huquq-tartibot muassasalariga xabar berildi.

Top