Samarqandning Nurobod tumanidagi maishiy xizmat kasb-hunar kolleji direktori Nurali Berdiyev o‘quvchilarning 22 mln so‘m mukofot pullarini o‘zlashtirganlikda ayblandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, u 46 nafar o‘quvchilarning hisobiga yozilgan mukofot va moddiy yordam pullarini o‘zlashtirgan. Bundan tashqari, xodimlar nomiga yozilgan pullarni ham o‘ziga olib kelgan.
Shuningdek, u soxta hujjatlar yordamida yana 17 mln so‘m qo‘lga kiritgani aytilmoqda.
Nurali Berdiyev sudga tortilib, davlat manfaatlariga yetkazgan moddiy zararni undirib berdi.