23:13 / 25.09.2015
12757

Saudiyalik shahzoda AQShda jinsiy tajovvuzda gumon qilinib hibsga olindi

AQSh politsiyasi saudiyalik shahzoda Majid Abdulaziz Al-Saudni jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilmoqda, deb xabar bermoqda politsiya xabariga tayangan holda Reuters axborot agentligi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli shahzoda Beverli-Xillzdagi apartament xodimini jinsiy aloqaga kirishishga majbur qilgan. Shahzoda hibsga olinib, keyin 300 ming dollar evaziga qamoqdan chiqarilgan.

Saudiya Arabistonining AQShdagi maxsus konsulining ma'lum qilishicha, shahzoda diplomatik immunitetga ega emas. Bu haqda Los Angeles Times nashri ta'kidlab o‘tdi.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya jinoyat joyiga qonga belangan ayol baqirib, yordam so‘rayotganini ko‘rgan guvohning xabaridan keyin kelgan. Jinoyat sodir etilgani taxmin qilinayotgan, narxi 37 mln dollar turadigan uy oxirgi bir necha hafta davomida ijaraga olingan bo‘lgan.

19 oktabrda ushbu voqea yuzasidan taftish bo‘lib o‘tadi.

Top