11:55 / 25.09.2015
2735

Tailand 29 uyg‘ur qochqinini AQShga yo‘llaydi

Tailand 29 uyg‘ur qochqinini AQShga yo‘llaydi, u yerda ularga boshpana taqdim etiladi. Bu haqda mamlakat ijtimoiy taraqqiyot va jamoat xavfsizligi vaziri Adul Sayengsingkayev bayonot berdi.

Shu kunlarda Sayengsingkayev Patxumtxani viloyatidagi muhojirlarni vaqtinchalik saqlash markaziga tashrif buyurdi. U qochqinlarning holidan xabar olib, yaqinda AQShda ularga boshpana taqdim etilishini ta'kidladi.
Ayni paytda markazda 328 uyg‘ur bor. Ularning bari XXR rahbariyati tomonidan jinoyatchilar deb hisoblanmoqda.

Tailand qochqinlar uchun o‘ziga xos o‘tish punkti hisoblanadi. Kontrabandachilar uyg‘urlarni Xitoydan olib kelib, so‘ng Bangkok orqali Turkiyaga yo‘llaydi. Myanma va Bangladesh qochqinlari esa Tailand orqali Indoneziya va Malayziyaga yetib oladi. Shu yilning may oyida qirollik hududida muhojirlar saqlanadigan qarorgohlar hamda bir qator ommaviy qabrlar topildi.

Top