10:37 / 25.09.2015
2221

Xitoyning birinchi "Chanchjen-11" raketa tashuvchisi parvozi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Xitoyda "Chanchjen-11" (“Buyuk safar-11”) raketa tashuvchisining parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Xitoy markaziy televideniyesining xabar qilishicha, parvoz mamlakat shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasida joylashgan Tszyutsyuan kosmodromida bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, raketa o‘zi bilan koinotga to‘rtta mikroyo‘ldoshni olib chiqdi.
"Chanchjen-11" – qattiq yonilg‘ida ishlaydigan Xitoy raketasi hisoblanadi. Avvalroq esa muhandislar raketaga Xitoyda ishlab chiqarilgan kuchli qattiq yonilg‘i o‘rnatilganini ma'lum qilishgan edi.

Top