22:01 / 26.09.2015
3065

“Manchester Yunayted” Angliya chempionatida yetakchilikni qo‘lga oldi

Angliya Premer-ligasining 7-turida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida 3:0 hisobida “Sanderlend”ni mag‘lub etdi. Lui van gal shogirdlari ushbu g‘alabalari va “Manchester Siti”ning “Tottenxem”dan mag‘lubiyatga uchrashi evaziga chempionatda yetakchilikni qo‘lga oldilar.

“MYu” hisobida 7 turdan keyin 16 ochko bo‘ldi va uni 2-o‘rinda ketayotgan “Man Siti”dan 1 ochkolik ustunlik ajratib turibdi.
Uchrashuvda to‘plarni Memfis Depay, Ueyn Runi, Xuan Mata kiritdilar.

Manchester Yunayted (Manchester) – Sanderlend (Sanderlend) – 3:0
Gollar: Depay, 45+4 (1:0); Runi, 46 (2:0); Mata, 90 (3:0).

Top