09:26 / 26.09.2015
1805

Denis Istomin Sankt-Peterburgdagi musobaqaning juftliklar bahsi finaliga chiqish uchun kurashadi

O‘zbekistonning birinchi raqamli erkak tennischisi Denis Istomin bugun, 26 sentabrda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan St. Petersburg Open 2015 musobaqasining juftliklar bahsi finaliga chiqish uchun belaruslik tennischi Aleksandr Buriy bilan juftlikda kurash olib boradi.

Juftlik musobaqaning chorakfinalida 1 soat 19 daqiqa davomida avstriyalik Filipp Osvald va kanadalik Odil Shamsidin juftligini 3:6, 6:3, 13:11 hisobida mag‘lub etdi.

Istomin va Buriy juftligi musobaqaning yarimfinalida filippinlik Konrad Xuey va finlyandiyalik Xenri Kontinen juftligiga qarshi bellashadi.

Top