13:13 / 26.09.2015
2102

Finlyandiyaga 2015 yil boshidan buyon 15 ming muhojir kirib keldi

Finlyandiyaga joriy yil hisobidan kirib kelgan muhojirlar miqdori 15 ming nafarga yetdi.

Migratsiya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, har kuni 600 nafar atrofidagi muhojirdan boshpana so‘rab murojaat kelib tushmoqda.

Finlyandiya migratsiya xizmati vakili Yuxa Similyaning ma'lum qilishicha, yil oxiriga qadar boshpana so‘rab murojaat qiluvchi muhojirlar soni 50 minggacha yetishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir boshpana so‘rovchi uchun joy berilishi uchun yiliga 15 ming yevro xarajat qilinadi.

"Bu mablag‘ unga ish haqi sifatida, uning yashash joyi va ovqatlanishi uchun sarflanadi", deydi Similya.

Biroz oldinroq, Finlyandiya mudofaa vaziri Yussi Niiniste muhojirlarning shimolga qarab yurishi munosabati bilan davlat chegaralari qo‘riqlanishi ishlari kuchaytirilishi ehtimoli haqida ma'lum qilgandi.

Top