13:00 / 26.09.2015
2855

Lukashenko belarusliklarni vatanning tinch bo‘lishidan xotirjam bo‘lishga chaqirdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko fuqarolarni o‘z mamlakatini sevishga va mamlakatda tinchlik bo‘lishi uchun o‘zini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. U "bundan keyin yomon ishlar bo‘lmasligi"ga va'da bergan.

Prezident bugun Jlobine shahridagi metallurgiya zavodi ishchilari bilan uchrashgan.

"Inson o‘z vatanini sevishi va o‘z uyi issiq hamda xavfsiz ekaniga ishongan holda yashashi kerak. Mamlakat prezidenti bu ishonchni ta'minlashga mas'ul. Biz kelajakda yomon voqealar bo‘lmasligi ustida qayg‘uramiz. Men sizlarga kelajakda tinchlik bo‘lishini kafolatlayman", degan Lukashenko mehnatkashlar bilan uchrashuvida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy va siyosiy bo‘hronlar kichik muammolardan boshlanadi. U bunga misol tariqasida Ukrainadagi voqealrni keltirib, o‘g‘rilik va poraxo‘rlikning avj olishi oxir-oqibatda hozirgi vaziyatni yuzaga keltirganini ta'kidladi.

Top