08:31 / 26.09.2015
5292

Manba: AQSh razvedkasi Rossiya Suriyaga aviazarbalar berishga tayyor deb hisoblamoqda

AQSh razvedkasining fikricha, Rossiya “istalgan lahzada” Suriyaga aviazarbalar berishni boshlashga tayyor, deb aytdi AQSh ma'muriyatidagi manba. Bu haqda The Los Angeles Times nashri ma'lum qildi.

“Reaktiv samolyotlar istalgan lahzada zarbalar berishga tayyor, ayni paytda ularni bundan hech nima to‘xtata olmaydi”, deb aytdi manba.

Qayd etilishicha, zarbalarni Tartus porti yonidagi aerodromga olib kelingan Rossiyaning 28 ta qiruvchi samolyoti amalga oshiradi.

Top